Maqolalar

O'zbek va ingliz onlayn muloqotida kognitiv modellar hamda pragmatik yondashuvlarning qiyosiy tahlili

Mualliflar

  • Nargiza Tuxtaxodjayeva Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, professor (v.b.), PhD Muallif

Annotatsiya

Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi raqamli nutq muhitida kognitiv sxemalar hamda pragmatik strategiyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kognitiv lingvistika va pragmatika nazariyalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va onlayn izohlar kabi virtual platformalarda muloqot maqsadlarining shakllanishi, ifodalanishi va talqin qilinishini qiyosiy o'rganishga qaratilgan. Natijalar o'zbek tilidagi muloqotda jamoaviylik, bilvosita ifoda va hurmat tamoyillari, ingliz tilidagi diskursda esa to'g'ridan-to'g'ri ifodalash va shaxsiy erkinlikka urg'u ustuvor ekanligini ko'rsatadi.

Kalit so‘zlar

  • Pragmatik strategiyalar
  • Raqamli diskurs
  • Madaniyatlararo muloqot
  • Oʻzbek tili
  • Ingliz tili
  • Onlayn muloqot
  • Odob-muomala strategiyalari
  • Identiklik ifodasi

Yuklab olishlar