Mualliflar uchun ko‘rsatmalar
Mualliflar ushbu jurnalga topshiriq yuborishga taklif qilinadi. Barcha topshiriqlar jurnalning maqsad va vazifalariga muvofiqligini aniqlash uchun muharrir tomonidan baholanadi. Mos keladigan ishlar qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin taqrizga yuboriladi.
Topshiriq yuborishdan oldin mualliflar taqdim etilgan materiallarni (fotosuratlar, hujjatlar va ma’lumotlar to‘plami kabi) nashr etish uchun ruxsat olishga mas’uldirlar. Topshiriqda ko‘rsatilgan barcha mualliflar muallif sifatida tan olinishiga rozilik berishlari kerak. Zarur bo‘lganda, tadqiqot tadqiqot o‘tkazilayotgan mamlakatning qonunchilik talablariga muvofiq tegishli etika qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Agar topshiriq minimal sifat standartlariga javob bermasa, muharrir uni ko‘rib chiqmasdan rad etishi mumkin (desk reject). Topshirishdan oldin, iltimos, tadqiqot dizayni va tadqiqot argumenti to‘g‘ri tuzilganligi va bayon etilganligiga ishonch hosil qiling. Sarlavha qisqa bo‘lishi, annotatsiya esa mustaqil mazmunga ega bo‘lishi kerak. Bu taqrizchilarning maqolani ko‘rib chiqishga rozi bo‘lish ehtimolini oshiradi. Topshirig‘ingiz ushbu standartga javob berishiga amin bo‘lsangiz, uni tayyorlashda quyidagi nazorat ro‘yxatiga amal qiling.
Maqolaqa tayyorgarlik nazorat ro‘yxati
Barcha topshiriqlar quyidagi talablarga javob berishi kerak.
- Ushbu topshiriq Mualliflar uchun ko‘rsatmalarda bayon etilgan talablarga javob beradi.
- Ushbu material ilgari nashr etilmagan va boshqa jurnalga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilmagan.
- Barcha adabiyotlar ro‘yxati aniqlik va to‘liqlik bo‘yicha tekshirilgan.
- Barcha jadvallar va rasmlar raqamlangan va nomlangan.
- Ushbu topshiriq bilan birga taqdim etilgan barcha fotosuratlar, ma’lumotlar to‘plami va boshqa materiallarni nashr etish uchun ruxsat olingan.
Maqolalar
Bo‘limning standart siyosati
Maxfiylik to‘g‘risidagi bayonot
Ushbu jurnal saytida kiritilgan ismlar va elektron pochta manzillari faqat ushbu jurnalning ko‘rsatilgan maqsadlari uchun foydalaniladi va boshqa maqsadlar yoki uchinchi tomonlar uchun foydalanishga topshirilmaydi.