Annotatsiya
Ushbu maqolada o'zbek va ingliz tillaridagi raqamli nutq muhitida kognitiv sxemalar hamda pragmatik strategiyalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik kognitiv lingvistika va pragmatika nazariyalari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlar, forumlar va onlayn izohlar kabi virtual platformalarda muloqot maqsadlarining shakllanishi, ifodalanishi va talqin qilinishini qiyosiy o'rganishga qaratilgan. Natijalar o'zbek tilidagi muloqotda jamoaviylik, bilvosita ifoda va hurmat tamoyillari, ingliz tilidagi diskursda esa to'g'ridan-to'g'ri ifodalash va shaxsiy erkinlikka urg'u ustuvor ekanligini ko'rsatadi.