Annotatsiya
Maqolada moturudiylik ta'limotining shakllanish jarayoni, uning ilmiy-nazariy asoslari va islom aqidasi taraqqiyotidagi o'rni haqida so'z yuritiladi. Abu Mansur Moturidiy asos solgan ushbu aqida maktabi Qur'on va sunnatga asoslangan holda aql va naqlning uyg'unlashuvini ta'minlagani bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning XX-XXI asrlarda moturidiy aqidasini targ'ib qilish, uni zamonaviy masalalarga tatbiq etish va ilmiy asosda sharhlashdagi xizmatlari yoritilgan.