Diniy matnlar korpusi uchun izohtalab so'zlarni semantik tavsiflash usullari
PDF

Kalit so‘zlar

Korpus lingvistikasi
semantika
semantik tavsif
chastota
teglash
diniy matnlar
semantik munosabat
hadis
kitob

Annotatsiya

Diniy matnlar korpusi qayta ishlangan diniy matnlardan iborat tizim bo'lib, uning yaratilishi diniy matn mazmunini tushunish, avtomatik semantik tahlil va mashina tarjimasini takomillashtirishga omil bo'ladi. Maqolada islomshunos olim Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Sahihul Buxoriy" 1-juz (2019) nashri asosida o'rganilgan 428 ta lug'aviy birlik orasidan semantik maydon va semantik guruhlar ko'rsatilib, "Kitob" va "Hadis" lug'aviy birliklari korpus lingvistikasi metodlari asosida tahlil qilingan. Natijada jami 17 ta mavzuiy guruh shakllantirildi.

PDF