Annotatsiya
Din va e'tiqod jamiyat hayotida muhim ijtimoiy institut bo'lib, insonlarning ma'naviy kamoloti, axloqiy qarashlari va madaniy dunyoqarashi shakllanishida katta ahamiyatga ega. Maqolada din va e'tiqod til taraqqiyotining muhim omillaridan biri sifatida tilning boyishi, yangi so'z va iboralar paydo bo'lishidagi roli yoritiladi. Diniy matnlar, ibodat shakllari va tarixiy yozma manbalar orqali tilning leksik qatlamiga ko'plab atama va iboralar kirib kelishi, diniy ta'lim muassasalarining til normalarini mustahkamlashdagi o'rni tahlil qilinadi.