Annotatsiya
Ushbu maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Tasavvuf haqida tasavvur" nomli ilmiy risolasi keng qamrovda tahlil etilgan. Tadqiqotda risolaning kompozitsion tuzilishi, mavzularning ketma-ketligi va muallifning har bir mavzuga yondashuvi o'rganildi. Maqolada tasavvuf genezisi, uning islomiy manbalardagi ildizlari, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va tasavvuf maktablari yoritilib, muallifning tasavvuf nazariyasini sodda va ommabop tilda bayon qilish uslubiyati hamda risolaning zamonaviy islomshunoslikdagi o'rni baholanadi.